Oltinchi sir

QAT'IYAT QUVVATI

Yigitcha ro'yxatdagi oltinchi kishi bilan dam olish kuni uchrashdi. Styuart Ijli taniqli aktyor edi. U mamlakatning narigi burchagida ishlardi, lekin bo'sh vaqtida Londonga uchib keldi va yigitchadan xabar topganidan so'ng shanba kuni ertalab shahar markazidagi qahvaxonada uchrashishga rozilik bildirdi.
Taniqli inson bilan ko'rishmoq yigitni ich-ichidan biroz qaltiroqqa solsa-da, tayinlangan joyga kelgach u anchayin odmi, jozibador ko'rinishli odamni uchratdi. Janob Ijli yigitcha bilan eski tanishiday so'rashdi.
Janob Ijuning yoshi qirqlarga borib qolgan bo'lsa-da, u ancha yoshroq ko'rinardi. Yaltiroq qora sochli bu kishining bolanikiday yirik va beg'ubor ko'zlarini chetiga zarhal yuritilgan ko'zoynaklari yashirardi. Egniga jigarrang kamzul va ko'k shim kiygandi.
 Demak, o'tgan haftada siz keksa xitoylikni uchratdingizmi?  so'radi u yigitchadan.
  Ha,  javob berdi u va uchrashuv tafsilotini so'zlay ketdi.
  Men uni o'n ikki yil avval uchratgandim,  dedi janob Ijli.  Xuddi mana shu qahvaxonada. O'sha birgina uchrashuv mavqeim va hayotimni o'zgartirdi.
  Qanday qilib?  so'radi yigitcha. O'shanda boshimdan ancha mushkul ahvolni kechirardim. Doimiy ishim yo'q edi, bir amallab kun ko'rish umidida shu yerda taom tashuvchi sifatida pul topardim. Kunlarning birida kichikkina jussali xitoylik kirib, xuddi biz o'tirgan stolga kelib o'tirdi. Bu kun peshindan so'ng, tinch-osoyishta vaqt edi. Chol bilan salomlashdim va tezda oramizda suhbat qizib ketdi.
Men ishsiz aktyorligimni aytib, kasbimiz muammolari bo'lmish moliyalashtirilishi yetarli bo'lmagan darajadagi eng kam sonli rollar uchun haddan ziyod odamlar talashayotgani to'g'risida so'zlab berdim. To'qson foizdan ziyod aktyorlar istagan vaqtda yoki ishsiz, yoki hayot kechirish uchun boshqa ish bilan mashg'uldirlar. Shunda chol dedi:
 Sen to'g'ri keladigan sharoitlarni kutib o'tirolmaysan. Ularni yaratishni boshlashing kerak.
O'zimni himoya qilish uchun ko'pgina tanlovlarda ishtirok etsam-da hech qanday rol ololmaganimni tan oldim. Chol nigohini kosadan uzib menga qaradi va:
  U holda toshkesar singari harakat qilmog'ing darkor,  dedi.
Men bu bilan nima demoqchi bo'lganini so'radim. U javob berdi:
  Toshkesar toshni uraversa unda hatto darz ham paydo bo'lmaydi. Lekin qat'iyat bilan o'z ishini davom ettirsa, tosh yoriladigan muddat keladi. Toshni yorish uchun birgina zarb yetarli emas. Buning uchun bir necha zarblar yig'indisi zarur. Agar siz toshni tarashlab, muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lsangiz, tosh yorilguniga qadar uni sabot bilan uraverishingiz zamr.
Men to rol olmagunimcha tanlovlarda ishtirok etaverishim kerak deb hisoblaysizmi?  so'radim. Albatta,  tasdiqladi u.
 Maqsadiga yeta oladigan va buning uddasidan chiqolmaydigan kishilar o'rtasidagi farq qobiliyatda bo'lishi shart emas, bu  sobitlikda!
Boshqalar yengilgan yerda qat'iyatli kishilar muvaffaqiyatga erishadilar.
Keyin u o'z mavqelariga yetisha boshlagan chog'da rad etilgan Silvestr Stallone, Klint Istvud, Sin Konneri kabi ayrim kino yulduzlarining ism-shariflarini keltirdi. Silvestr Stallone to'g'risida uncha yaxshi gaplar bo'lmaganini, hatto vakolatini taqdim etuvchi vakilni ham topish unga qiyin kyechgani, nihoyat, o'zi bosh rolni o'ynashi kerak bo'lgan shaxsiy ssenariyni yozishga qaror qilganini aytib berdi. Qo'lyozmasini yuborgan kinoprodynsserlar birin-ketin qaytarib bersa-da, u sabot bilan yangi va yangi manzillarni topib, axiyri bir kompaniya filmni suvratga olishga rozi bo'lguniga qadar tinchimadi. Muallif filmdagi bosh rolni boshqa birov o'ylamasligi zarur, degan shartni qo'ydi. O'sha kezlarda Stallone pulga nihoyatda muhtoj bo'lsada, o'z tamoyillaridan chekinmadi va fikrida qat'iyat bilan turdi, natijada kompaniya Roki filmidagi bosh rolni unga berishga rozilik bildirdi. Ko'p kompaniyalar yuz o'girgan film eng yaxshi asar sifatida xalqaro Oskar mukofotiga sazovor bo'ldi. Ko'rib turganingizday, Silvestr Stallone o'z muvaffaqiyatiga nafaqat noyob qobiliyati, balki qat'iyati tufayli erishdi.
Keksa kishining hikoyasi meni ilhomlantirdi. Qat'iyatning muhimligini uncha anglamagandim va eng zo'r yulduzlar ham rad etilishi munikinligini hatto tasavvur ham qilolmasdim. Keyinchalik esa ular nafaqat rad etishga to'g'ri kelishi, balki ayrimlari bundan tez-tez aziyat chekishlarini bilib oldim. So'ngra chol menga Haqiqiy Boylik sirlari hoqida so'zlab berdi.
 Xo'sh, siz bu haqda nima deb o'yiaysiz  so'radi yigitcha
  Avvaliga eshitganlarimga ishonqiramay qaradim,  dedi janob Ijli.
  Ular haqida ko'proq bilish va bundan hech nima yo'qotmasligim bois, menga qanday yordam berishlarini ko'rishga qaror qildim. Ayni shu ondan boshlab hayotimda katta o'zgarishlar yuz berdi. Yonimda bir mirisiz holda qahvaxonadagi xo'randalarga xizmat qilardim, bir yil o'tmay, birinchi rolimni olishga va chorak million dollar miqdorida bitim tuzishga muvaffaq bo'ldim.
  Hazillashayapsizmi?  xitob qildi yigitcha.  Hayotingiz shu qadar keskin o'zgardimi?
Janob Ijli bosh irg'adi.
  Bu sirlarning quvvatida. Keksa xitoylikni uchratgan chog'da o'zimning artistlik mavqeimga ishonchni yo'qotishga ulgurgandim. Buni yorib o'tishning iloji yo'qday tuyulardi. Mening o'z ishonchli vakilim ham, biron-bir rolim ham yo'q edi. O'ttizdan ortiq vakillar tomonidan rad etilgandim, ulardan ayrimlari hatto boshqa ish topishni maslahat berardi. Ular talabga javob bermasligimni uqtirardilar. Mana, endi qariyani uchratganimdan keyin Haqiqiy Boylik sirlaridan boxabar bo'ldim.
Har qaysi vaziyatda barcha sirlar menga yordam berdi, ammo hozir orqaga nazar tashlab, eng ahamiyatlisi qat'iyat kuchini o'rganishdaligini ko'rayapman.
Yigitcha yozishmalarini qayd etish uchun tayyor yon daftarchasi va qalamni oldi.
 Sabot  bu shunday xususiyatki, inson erishayotgan yutuqlarda uni doim ham to'g'ri baholamaydi,  davom etdi janob Ijli.  Amerika Qo'shma Shtatlarining to'rtinchi Prezidenti Kelvin Kulij shunday yozgandi:
Olamda qat'iyatni hech narsa bilan almashtirib bo'lmaydi. Uning o'rnini iste'dod bosolmaydi  iste'dodli omadsiz kabi hech kimni bot-bot uchratolmaysiz. Uning o'rnini daholik ham bosmaydi  tan olinmagan daholar maqollarga kiritilgan. Birgina ma'lumot ham yetarli emas  dunyo nazaidan qolgan ma'lumotli kishilarga to'la. Faqat sabot va qat'iyatlilik hammasidan kuchlidir.
Boylikka yoki o'z sohasida biron-bir yetakchi mavqega bo'lmasin, muvaffaqiyatga erishgan kishining omadsiz insondan muhim farqlaridan biri shuki, ilg'orlar doimo qat'iyat ko'rsatadilar, ular hech qachon osonlikcha jon bermaydilar. Hatto to'siqlar yoki qarshiliklarga duchor bo'lsalar-da, ular aslo chekinmaydilar. Ular nimani istashlarini aniq biladilar va niyatlariga yetmaguncha maqsad sari intilaveradilar.
Mohiyatan insoniyatning butun tarixi mobaynida eng ko'p muvaffaqiyatga erishganlardan ko'pchiligi sabotli bo'lmaganlarida buning uddasidan chiqolmasdilar.
Siz o'zingizni mahsulot yaratishga urinayotgandek tasavvur qiling. Maqsadga yetishdim deb hisoblashingiz uchun qancha urinishlar talab etila-di? Yuzmi? Mingmi? Ikki mingmi? Balki besh mingdir?
Yigitcha yelkasini qisdi.
 Hamma zamonlarning eng omadli kashfiyotchilaridan biri bo'lmish Tomas Edison,  davom etdi janob Ijli,  jahonda birinchi elektr lampochkani kashf etishdan avval o'n mingdan ziyod alohida urinishlar qilishiga to'g'ri kelgan. Basharti u shunchalik qat'iyat ko'rsatmaganda, balki biz hozirgacha elektr yoritishga ega bo'lmasmidik. Yoki o'zingizni rok-guruh a'zosi deb tasavvur etib ko'ring. Siz o'z urinishlaringiz behuda ekanini tan olishdan avval ovoz yozish kompaniyasidan necha marotaba rad javobini olishingiz kerak? Beshmi? O'nmi? Balki yigirmami?
  O'ylaymanki, yigirmanchi martadan keyin chekinardim,  jilmaydi yigitcha.
  Shundaymi, lekin bitta guruh aslo chekinmadi. Agar ular shunday qilganida eng zo'r rok-guruhlardan biri bo'lolmasdilar. Chunki Bitiz guruhi nihoyat yozuv uchun o'zlarining ilk bitimlarini tuzmagunga qadar ellikta har xil kompaniyalardan rad javobini olgandilar!
Sizga so'nggi misolni keltirishga ijozat etgaysiz. Buyuk davlat arbobi bo'lmoqni orzu qiluvchi yigitni tasavvur qiling. Barcha zo'r harakatlariga qaramay, o'ttiz ikki yoshida to'la bankrotlikka duchor bo'ladi. O'ttiz beshga yetganida yoshlikda ko'ngil bergan ayol vafot etadi, oradan bir yil o'tgach, u asab buzilishi dardiga duchor bo'ladi. Keyingi yillarda u birin-ketin bir necha saylovlarda mag'lubiyatni boshidan kechirdi. U o'z urinishlaridan qachon voz kechishi kerak, deb o'ylaysiz?
  Bilmadim, lekin bu kishi hech qachon davlat arbobi bo'lmaydiganga o'xshaydi.
Janob Ijli jilmaydi.
  Men hikoya qilgan kishi  Avraam Linkolndir.
Yigitcha yon daftarchasiga nimalarnidir yozib qo'ydi.
  Hayotda shunchalik ko'p narsalarga yetishgan insonlar qachonlardir mag'lubiyat alamlariga chidagan yoki rad etilganliklaridan hatto, bexabar edim,  dedi u.
  Albatta. Aslida ilg'or kishilar o'z muvaffaqiyatlariga erishishlarining sababi ham mag'lubiyatlarga shuncha bor duchor bo'lganliklarida.
Yon daftarchasiga navbatdagi yozuvni bitgan yigitcha jilmaydi.
  Tushunmayapman,  dedi u boshini ko'tarib,  agar biz urinishlarni qayta-qayta davom ettiraversak, oxir-oqibatda muvaffaqiyatga erishamiz, demoqchimisiz?
   Ha. Ko'pincha shunday,  javob berdi janob Ijli,  shart shuki, biz xatolarimiz orqali o'rganamiz. O'z lampochkasini yaratish uchun Tomas Edison birgina tajribani o'n ming marta takrorlagan, har safar u qandaydir yangilikdan xabar topib, kerakli o'zgarishlarni kiritavergan.
 Qat'iyat  bu hammamizning bolalik chog'imizdagi sifatidir,  davom etdi janob Ijli.  Masalan, qachon bo'lmasin uzoq vaqt kurash va har kuni yiqilaverishdan so'ng nihoyat yurishni o'rganib olgan bolani ko'rganmisiz?
  Nima uchun biz o'sha sifatni yo'qotib boramiz?  so'radi yigitcha.
 Ba'zan omadsizlik va inkorlardan qo'rqamiz. Gohida o'zimizga ishonchni yo'qotamiz. Lekin eng asosiysi: omadsizlik va inkor  muvaffaqiyatning eng muhim tomoni ekanligini unutamiz. Amalda qancha ko'p omadsizlik va inkorni boshdan kechirsangiz, shuncha katta yutuqqa erisha olasiz.
  Anglayolmayapman,  dedi yigitcha.  Bu qay tarzda bo'lishi mumkin?
  Chunki omadsizlik va inkorlar  muvaifaqiyat sari yetaklovchi zinapoyaning zaruriy bosqichlaridir. O'z xatolarimiz orqali o'rganamiz va natijada maqsadga yaqinlashamiz. Jorj Bernard Shou aynan shunday yo'l tutgan. U: Men yoshligimda o'nta ishimdan to'qqiztasi omadsiz bo'lganini sezardim. Omadsiz bo'lishni istamaganim uchun o'n baravar ko'p ish bajarar edim,  degandi.
Tanlagan yo'lida katta yutuqqa erishgan har qanday kishini olishingiz mumkin,  tushuntirdi janob Ijli,  ular muvaffaqiyatga erishishdan avval albatta, qator omadsizlik va inkorlardan o'tganliklarini bilib olasiz.
Men o'zimga ilk bor qat'iyatning muhimligini kashf etganimda mashhur aktyor bo'lish u yoqda tursin, bironta rol olish umidini ham yo'qotib qo'ygandim. Lekin basharti muvaffaqiyatga erishmuqchi bo'lsam, o'z urinishlarimni tinmay davom ettirishim zarurligini angladim. O'zimga va qobiliyatimga ishonardim. Aniq maqsadim bor edi, o'zimga o'ylangan harakatlar rejasini tuzib oldim va nihoyat, to'qqiz oydan keyin rol olmagunimcha ish izlashni davom ettirdim.
  Biroq, siz doim omadsizlikka uchrab, hech qanday natijalarga erishmasangiz, qat'iyatli bo'lish ancha qiyin kechadi,  dedi yigitcha.
  Buni hech kim oson deyayotgani yo'q,  dedi janob Ijli.  Basharti bu oson bo'lganida har kimning qo'lidan kelardi. Lekin muvaffaqiyatga erishuvchi kishining omadsiz insondan farqi shundaki, yutuqqa yetisha oluvchi odamga omadsizlik degan gap yo'q  bu shunchaki o'rganishi darkor bo'lgan tajriba.
  Boshqacha aytganda-chi?
  Agar kutilgan natijaga erishmasangiz, bundan tegishli xulosa chiqarasiz va takror urinasiz. Aslida biron-bir muvaffaqiyatga erishishda xatolar qilib, ulardan saboq olib va ilgarilashda davom etishdan bo'lak yo'l yo'q. Teodor Ruzvelt bu fikrni shunday ifodalagan:
Na g'alaba, na yengilishlar bo'lmaydigan g'ira-shirada yashovchi, na katta g'alabalardan, na katta aziyatlardan bexabar bu bechora kishilar bilan tenglashgandan ko'ra, katta yo'qotishlar ehtimoli mavjud gardkamlikka borish, garchi ba'zan yengilishlar bilan almashsa-da, shuhratli g'alabalarni qo'lga kiritish yaxshiroqdir.
Shunchalik kam kishilar muvaffaqiyatga erishishining sabablaridan biri shuki, ular omadsizlik va inkor etishlardan o'tishni istamaydilar.
Lekin omadsizliklarga qaramay, qat'iyatni kuchaytirishga yordamlashuvchi bir narsa bor.
  Xo'sh bu nima ekan?  so'radi yigitcha.
 Har bir urinishning tahlili. Men odamlar yengilganidan keyin, odatda qaysi o'rinda noto'g'ri ish tutganlariga e'tibor berishga harakat qilishlarini nazarda tutayapman. Bu esa ularning o'zlarining qadr-qimmatlari pasayishiga, o'ziga nisbatan ishonchsizlikka olib keladi va yana qayta sinab ko'rishga ularni hech qanday kuch majbur qilolmaydi. Muvaffaqiyatga erishganlar o'z diqqatlarini to'g'ri bajarilgan ishlarga jamlaydilar.
Shunday qilib, agar ular hatto istagan natijaga erisholmasalar-da, o'zlariga Qaysi lahzagacha to'g'ri harakat qildim? degan savolni beradilar.
 Fikringizni unchalik anglayolmadim,  dedi yigitcha.
 Aytaylik, kompyuter sotuvchisi xaridor bo'lmoqchi bo'lgan kishiga qo'ng'iroq qiladi. U o'zini tanishtirganidan so'ng undan yangi kompyuter sotib olish istagi bor yoki yo'qligini so'raydi. Undan yo'q degan javobni eshitadi. Bo'ldi, gap shunda to'xtadi. Uning harakatlari davom etar ekan, kelgusida unga asqotishi mumkin bo'lgan qaysi ishi to'g'ri? U telefonda bo'lajak xaridor bilan bog'lanib, oz molini tavsiya etdi. Avvalgi safar olgan saboqlari bilan u ikkinchi bora urinib ko'radi, lekin bu safar boshqacha savol beradi. Keyingi xaridor bo'lishi mumkin bo'lgan kishidan y, biznesi uchun eng yangi kompyuter texnologiyasi haqidagi ma'lumotlar qiziqtiradimi, deya so'raydi.
Bu gal u kishi bu ma'lumotlar qiziqarli ekani, ammo ular bilan tanishishga vaqti yetishmasligini aytadi. Sotuvchining qaysi harakatlari to'g'ri edi? U boshqacha savol berib, xaridor bo'lishi mumkin bo'lgan kishi yangi kompyuterlar to'g'risida o'ylash uchun nihoyatda bandligini aniqiadi. Sotuvchi yana bir bor urinib ko'rmoq uchun boshqa bir xaridorlikka nomzod bilan telefonda bog'lanadi: Ofisingizni boshqarish uchun sarflayotgan xarajatlaringiz va vaqtingizni kamida ellik foizga qanday qisqartirishingiz mumkinligini ko'rsatib berishim uchun besh daqiqa vaqt ajrata olasizmi? degan yangi bir savolni beradi.
Bu xaridorlikka nomzod ham o'ta band, ammo o'z xarajatlarini kamaytirishni bilishga qiziqadi. Ish vaqti nihoyasida besh daqiqa vaqtini ketkazishdan o'zga hech nima yo'qotmagani bois u uchrashuvga rozilik bildiradi. Sotuvchi uchrashuvga erishdi. O'z molini sotish imkoniyati paydo bo'ldi.
Barcha buyuk kashfiyotchilar aynan shunday fikrlaydilar. Ular o'zlariga: Ishimni davom ettirish uchun imkon beruvchi nima ish qildim? deya savol beradilar. Agar yangi boshlangan har qanday faoliyat,  xoh u biror-bir mahsulot sotuvi yoki boylik yaratish bo'lsin  qat'iyatni namoyon etmoqchi bo'lsak, aynan o'sha savolni berishimiz zarur.
Yigitcha qandaydir yozuvlarni tezgina yozdi, janob Ijli esa gapida davom etardi:
  Hayotimizni taqdir bitgan deb o'ylashga o'rganganman.  dedi u.  Yulduzlar bizga yo nimanidir belgilaganlar, yoxud yo'q. Lekin endi ishonchim komilki, barchamiz o'z taqdirimizni o'zimiz yaratish quvvatiga egamiz.
Tasavvur etayotganlarimiz qachon bo'lmasin, boshimizdan kechirish mumkin bo'lgandan anchagina ziyodroqligini anglash kabi hech nima kishini shu darajada ilhomlantirmaydi. Qanday bo'lmasin, busharti toshkesar singari zarb urishni davom ettiraversak, muvaffaqiyatga erishamiz.
Janob Ijli cho'ntagidan buklab taxlangan qog'oz oldi.
  Buni qat'iyat quvvati to'g'risida eslatma sifatida doimo yonimda olib yuraman,  dedi yigitchaga qog'ozni uzatarkan.
Yigitcha buklangan xatni ochib, o'qidi:

Orqaga chekinmangiz!
Ba'zan yuz beradigan hamma ishlar yomon kechsa,
Siz sudralib ketayotgandek tuyulgan yo'l doim tog' tomonga yo'nalgan,
Pulingiz kam, qarzingiz esa ko'p bo'lganda,
Siz jilmayishni istasangiz-da, xo'rsinmoqqa majbur bo'lsangiz,
Tashvishlar sizni ezib yuborganda,
Basharti ehtiyojingiz bo'lsa, damingizni oling,
Lekin aslo chekinmangiz!
Ba'zan hayot bizni qanday burilishlar va o'zgarishlarga duchor etishini hammamiz bilamiz,
Basharti, biz oxirigacha chidam ko'rsatsak, ko'pgina mag'lubiyatlar g'alabaga aylanadi.
Olg'a siljish sekinlik bilan bo'layotgandek tuyulgani tufayli chekinmang. Keyingi zarba sizga g'alaba keltirishi mumkin.
Omad  omadsizlikning aks tomoni, Ikkilanish bulutlarida kumushsimon chaqmoq 
Va siz maqsadga naqadar yaqinligingizni hech qachon bilmaysiz,
Uzoqday tuyulgandan ko'ra balki ancha yaqinroqdir,
Sizga qiyin bo'lgan sari, kurashga yanada chuqurroq kirishing.
Ishlaringiz qanchalik yomon ketayotgan bo'lmasin  chekinmangiz!
Edgar A.Gest
Shu kuni kechqurun yigitcha hayoti haqida ro'y-rost uzoq o'yladi. Ko'p yillar ortga nazar tashlab, shunga amin bo'ldiki, qaysarlik va chidam sifatlarini rivojlantirishga mutlaqo harakat qilmabdi. uning yo'lida biron qiyinchilik yoki to'siq uchrashi bilan hech ikkilanmay ortga chekinar va undan osonroq nimadir izlay boshlar ekan.
Endi, janob Ijli bilan uchrashganidan so'ng, modomiki biron-bir narsada muvaffaqiyatga erishishni xohlasa, u o'zgarish uchun qat'iy qaror qilishi va toshyo'nar singari yo'l tutishi zarur ekanligini angladi.
Uning yo'lida qanday to'siqlar duch kelsa, to muvaffaqiyatga erishmagunicha qat'iyat bilan olg'a ilgarilashi zarur.
Yigit yon daftarchasini oldi-da, janob Ijli bilan suhbatlashayotgan chog'da yozganlarini yana bir bor qayta o'qib chiqdi:
